Andijonlik 92 nafar imkoniyati cheklangan hamda nogironligi bo‘lgan shaxslarga rasmiylashtirilib berilgan “ID” kartalari tantanali ravishda topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 22 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida identifikatsiya ID kartalarni joriy etish to‘g‘risida”gi PF-6065 sonli Farmoni talablari asosida, Andijon viloyati IIB MvaFRB hamda uning joylardagi xizmatlari tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida jami 58 ming 181 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosininig identifikatsiya “ID” kartalari rasmiylashtirilib berildi.
Xususan, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFR bo‘limi tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida 9 ming 7 nafar fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining identifikatsiya “ID” kartalari rasmiylashtirildi.
Shuningdek, 2021 yil 6 sentyabr kuni tasdiqlangan rejaga asosan Andijon viloyati IIB MvaFRB hamda Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFRB xodimlaridan iborat ishchi guruhi tuzilib, jami 92 nafar Andijon shahar “SAXOVAT” keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun internat uyida istiqomat qilayotgan fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida mobil qurilma yordamida o‘sha yerning o‘zida identifikatsiya “ID” kartalari uchun talabnomalar shakllantirildi. Tayyor bo‘lgan identifikatsiya “ID” kartalar shu yilning 20 sentyabr kuni ushbu “SAXOVAT” uyining o‘zida, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining maslahatchisi podpolkovnik O.N.Yuldashev, Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini vaqtincha bajaruvchi podpolkovnik D.T.Ismailov, Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB MvaFRB boshlig‘i podpolkovnik S.D.Zayidovlar ishtirokida tantanali ravishda topshirildi.
Tadbir so‘ngida so‘z olganlar tadbir ishtirokchilariga asosiy qonunimiz xalqmiz uzoq yillar orzu qilgan milliy mustaqilligimiz va rivojlanish yo‘limiz, inson huquq va erkinliklari kafolatlarini belgilab berganligini maʼlum qilib, qomusimiz va uning zamirida qabul qilingan yangi normativ hujjatlar asosida zamonaviy va xalqaro standartlarga mos keladigan shaxsini tasdiqlovchi hujjat olganliklari bilan samimiy muborakbod etdilar.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati