30 Oktyabr 2020 yil 781

Andijon shahri 3-sektor hududida “Yoshlar va ayollar xatlovi” bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda

Joriy yilning 8-oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida “Jamiyatda ayollar va yoshlarning rolini oshirish hamda bandligini ta'minlash chora-tadbirlari” muhokamasi yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan Andijon shahri 3-sektori hududida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Andijon shahar IIOFMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.Nazirov shu yilning 27 oktyabr kuni sektor shtabi a'zolari bilan birgalikda  Shifokor mahallasida istiqomat qiluvchi aholining turmush tarzi va muammolarini o‘rgandi.

O‘rganishlar davomida “Temir daftar”ga kiritilgan 31 ta ehtiyojmand oilaning bandiligini ta'minlash va daromadini oshirish yuzasidan tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Jumladan, Andijon shaxar 3-sektor hududidagi Shifokor MFYda “Yoshlar va ayollar xatlovi” bo‘yicha 1100 ta yoshlar va ayollar xatlovdan o‘tkazildi. 

Shuningdek, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazilib, qabul jarayonida 8 nafar fuqarolarning muammolari o‘rganildi. Ishga joylashish va uy-joy masallarida qilingan murojaatlarga amaliy yechim topish uchun tegishli soha rahbarlariga topshiriqlar berilib,  murojaatlarning barchasi ijroga olindi.

Andijon shahrining 3-sektor hududida bu kabi ishlar davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

Text to speech