31 Dekabr 2022 yil 196

Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB inspektor-psixologlari tomonidan 12 xil turdagi noqonuniy pirotexnika vositalari aniqlandi

2022-yil 29-dekabr kuni soat 15:00larda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB inspektor-psixologlari tomonidan fuqaro B.I.ga tegishli bo‘lgan qora rangli “Lasetti” rusumli avtomashina Andijon shahri, A.Yo‘ldashev ko‘chasi hududida to‘xtatib tekshirilganda, avtomobil ichida 12 xil turdagi 212 dona noqonuniy pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.

Aniqlangan pirotexnika vositalari yuzasidan xolislar ishtirokida bayonnoma rasmiylashtirilib, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB ixtiyoriga olindi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech