6 Yanvar 2021 yil 756

Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBda xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

2021 yilning 6 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudi va Andijon shahar prokuraturasi bilan hamkorlikda Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBda xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlari uchun o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mashg‘ulot jarayonida sudya S.Rasulov tomonidan sud tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek,  maʼmuriy huquqbuzarlikka oid ish yuritish va bu borada mavjud muammolar yuzasidan, shahar prokurorining o‘rinbosari B.Usmonov tomonidan huquqbuzarlik holati bo‘yicha ish yuritishda qonuniylikni taʼminlash bo‘yicha huquqiy tushuncha va maʼlumotlar berildi.

O‘quv mashg‘uloti yakunida xodimlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech