12 Mart 2021 yil 675

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB boshlig‘i tomonidan “Mahallabay” ishlash tizimi asosida aholi muammolari hal etilmoqda

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB boshlig‘i, 3-sektor rahbari Sh.Nazirov  “Mahallabay” ishlash tizimi asosida yoshlar va ayollar muammolarini joyiga borib o‘rganmoqda.

Xususan, shu yilning 11-12 mart  kunlari 3-sektor hududidagi "Buyuk turon" hamda “Istiqlol” MFYlarida maxsus jihozlangan avtobusda ko‘chma sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabul davomida yoshlar va ayollar bilan birma-bir suhbat olib borildi. Aniqlangan muammo va kamchiliklar joyida bartaraf etildi.  Muddat talab etiladigan murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga ijobiy hal qilishlik uchun topshiriqlar berildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech