Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hodimlari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yana-da rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati IIB tomonidan bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlari o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirish, sog‘lom turmush-tarzini shakllantirish, jismoniy tayyorgarligini oshirish maqsadida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB hamda uning bo‘limlarining yosh xodimlardan iborat jami 8 ta jamoa kuch sinashdi. Musobaqa ko‘tarinki kayfiyatda, do‘stona ruhda tashkil etilib, murosasiz bahslarga boy bo‘ldi.
Uning yakunlariga ko‘ra faxrli birinchi o‘rinni va boshqarma boshlig‘i kubogini Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB apparat xodimlaridan tuzilgan yoshlar jamoasi qo‘lga kiritdi. Faxrli ikkinchi o‘rinni Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB 3-sonli IIB yoshlar jamoasi egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin esa Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB 1-sonli IIB yoshlar jamoasiga nasib etdi.
Hozirda bu boradagi sport musobaqalarining o‘tkazilishi davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati