14 Dekabr 2022 yil 226

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB profilaktika inspektorlari tomonidan qo‘lbola usulda tayyorlangan giyohvandlik moddasini isteʼmol qilayotganlar aniqlandi

Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB 4-son IIB profilaktika inspektorlari J.Kodirov hamda B.Kobiljonovlar tomonidan shu yilning 9 dekabr kuni soat 16:30 larda olib borilgan tezkor surishtiruv davomida Andijon shahrida yashovchi fuqarolar A.B, Yu.M, E.M.lar qo‘l bola tayyorlangan yelim idishga ko‘k rangli o‘tkir hidli og‘irligi 15 gr bo‘lgan o‘simlikni tayyorlashib, isteʼmol qilib o‘tirishgan vaqtida ushlandi.

Ko‘k rangli o‘simlik hamda qo‘l bola tayyorlangan yelim idish xolislar ishtirokida kelgusida tekshirilish uchun IIB ixtiyoriga olindi.   

Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech