13 Dekabr 2021 yil
429
Andijon tumani IIB hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor-tadbirda pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
2021-yilning 10-dekabr kuni Andijon tumani IIB TEQKB hamda DXX Andijon tuman bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor-tadbir tadbir natijasida Andijon shahrida yashovchi I.A xolis xaridorga umumiy narxi 3.600.000 so‘m bo‘lgan 360 quti "Britanik" nomli pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida ushlanib, pirotexnika vositalari Andijon tumani IIB ixtiyoriga olindi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati