29 Dekabr 2020 yil 635

Andijon tumani IIB xodimlari o‘rtasida “Mini-futbol” bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Andijon tumani Ayrilish MFYda joylashgan yopiq mini arena stadionida, Andijon tumani ichki ishlar bo‘limining sohaviy xizmatlari o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha tuman IIB boshlig‘ining tashabbusi bilan musobaqa tashkil qilindi.

Musobaqada, sohaviy xizmatlardan jami 6 ta jamoa ishtirok etdi. Dastlabki saralash o‘yinlari qiziqarli va keskin kurashlar ostida o‘tib, finalda tuman ichki ishlar bo‘limi idora xodimlaridan tuzilgan jamoa hamda 9-sonli ichki ishlar bo‘linmasi shaxsiy tarkiblaridan tuzilgan jamoalar g‘oliblik uchun kurash olib bordilar.

Yakuniy uchrashuvda, Andijon tumani IIB 10-sonli ichki ishlar bo‘linmasi xodimlari g‘oliblikni qo‘lga kiritib, musobaqaning faxrli 1-o‘rinini egalladilar.

Bellashuv yakunida, Andijon tumani IIB rahbari tomonidan sovrindorlarga, diplom hamda qimmatbaho esdalik sovg‘alari topshirildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech