13 Mart 2024 yil 981

Andijon va Paxtaobod tumanlari IIBlarida xizmat qilayotgan xodimlar bilan "Hudud tajribasi" metodik qo‘llanmalari yuzasidan o‘quv-seminarlari tashkil etildi

Joriy yilning 12-mart kuni Andijon va Paxtaobod tumanlarining IIB binolarida har bir hududning kriminogen va demografik xususiyatini inobatga olgan holda jinoyatni sodir etish sabablari va unga imkon bergan shart-sharoitlarni “ilmiy diagnoz” va tahlillari asosida yaratilgan “Hududlar tajribasi” qo‘llanmalarining mazmun-mohiyatini yetkazish maqsadida seminar mashg‘ulotlari o‘tkazildi.

Seminar mashg‘ulotida IIV Akademiyasining masʼul xodimi tomonidan ilmiy yondashuv asosida yaratilgan “Hududlar tajribasi” qo‘llanmalari bo‘yicha batafsil maʼlumotlar yetkazildi.

O‘quv-seminari boshqa shahar-tumanlarda davom etmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech