8 May 2021 yil 611

Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida tashkil etilgan bu galgi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “9-may xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlandi

2021 yil 8 may kuni Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida  tashkil etilgan bu galgi “Maʼnaviyat va maʼrifat” darsi “9-may xotira va qadrlash kuni” hamda fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaning 76 yilligiga bag‘ishlandi.

“Xotira bor ekan – millat barhayot”, “Eʼtibor va g‘amxo‘rlik – insoniy burch”, “Xotira boqiy, qadr muqaddas” shiorlari ostida  yuqori saviyada o‘tkazilgan tadbirda,  faxriylar, nafaqadagilar, xizmat vaqtida halok bo‘lgan xodimlarning oila aʼzolari hamda ichki ishlar organlarining barcha shaxsiy tarkibi qatnashdi.

 Dast avval, Vatanimiz  tinchligi va osoyishtaligini himoya qilish chog‘ida qahramonlarcha jon fido qilgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi  xodimlarining xotirasi yod etilib, boshqarma  hovlisidagi “Xotira maydoni” majmuasi poyiga gulchambar  va gullar qo‘yildi.

So‘ngra, xizmat vazifasini bajarish vaqtida  mardlarcha halok bo‘lgan ichki ishlar organlari xodimlarining oila aʼzolariga hamda ichki ishlar organlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan faxriylariga Ichki ishlar vazirligi Kasaba uyushmasi qo‘mitasining  pul va qimmatbaho sovg‘alari topshirildi. Ularga nisbatan shu kabi yuksak ehtirom, eʼtibor va qadr ko‘rsatilib kelinayotganida katta maʼno mujassam desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan ko‘plab xodimlarga navbatdagi maxsus unvonlar  topshirildi. Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga tashakkurnomalar, xodimlarning o‘zlari esa boshqarma boshlig‘ining pul mukofotlari bilan taqdirlandilar.  

Tadbir  viloyatning taniqli va hush ovoz sanʼatkorlarining vatan tinchligini himoya qilganlarni xotirlovchi kuy-qo‘shiqlari hamohangligida bo‘lib o‘tdi.

Shu o‘rinda aytib o‘tish joizki, jasur o‘g‘lonlarimizni, front orti qahramonlarimizning Vatan himoyasi uchun urush janglarida ko‘rsatgan jasorati, mardlik va matonati hamda ichki ishlar organlarida xizmat  vaqtida ko‘rsatgan qahramonligi, yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida qilgan halol mehnati va fidoyiligi yoshlarga o‘rnak bo‘la oladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech