2 Iyun 2021 yil 489

Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlarini  “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida o‘qitish ishlari boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tomonidan shu yilning 12 fevral kuni Ichki ishlar vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan majlisi 8-son bayoni 45-bandi ijrosi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy gvardiya, Bosh prokuratura va Sudyalar oliy kengashining 2021 yil 10 aprel kunidagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarini bazaviy kasbiy hamda chuqurlashtirilgan tartibda o‘qitishni tashkil etish to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilindi.

Mazkur qarorga asosan,O‘zbekiston Respublikasi nazorat va huquq-tartibot organlari tizimidagi oliy taʼlim muassasasi professor-o‘qituvchilari, Vazirlik Huquqbuzarliklar profilaktikasi Bosh boshqarmasi masʼul xodimlari,  Andijon viloyati IIB tuzilma rahbarlari hamda Vazirlik Malaka oshirish institutining hududiy filiali hamkorligida joriy yilning  01 iyun kuni  Andijon viloyati ichki ishlar organlari tizimidagi profilaktika inspektorlariga “shahar inspektori” va “qishloq inspektori” modellari asosida tumanlararo bazaviy sayyor o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv kursining maqsadi – profilaktika inspektorlarining bazaviy huquqiy, kasbiy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini oshirishdan iborat.

O‘quv kursida – Vazirlik Akademiyasi, Malaka oshirish instituti, Milliy gvardiya Jamoat xavfsizlik universiteti, Bosh prokuratura Akademiyasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti va Sudyalar oliy kengashi huzuridagi oliy maktabining professor-o‘qituvchilari, shuningdek,  Andijon viloyati nazorat va huquq-tartibot organlari tizimidagi tajribali xodimlari ishtirok etmoqdalar.

Shuningdek, professor-o‘qituvchilar va amaliyot xodimlari tomonidan tasdiqlangan dasturga muvofiq hamda o‘qitishning zamonaviy texnik vositalari va o‘quv-ko‘rgazmali qurollaridan keng foydalangan holda o‘quv mashg‘ulotlari belgilangan tartibda o‘tkazilmoqda.  Profilaktikka inspektorlari  “shahar inspektori” hamda “qishloq inspektori” modellari bo‘yicha 10 kunlik bazaviy kasbiy tayyorgarlikdan o‘tkaziladi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech