24 Dekabr 2020 yil 558

Andijon viloyati IIB hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari hamkorligida o‘tkazilayotgan“Pirotexnika-2020” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida umumiy qiymati 100 million so‘mga yaqin noqonuniy pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi  

Andijon viloyat IIB xodimlari tomonidan pirotexnika mahsulotlarini noqonuniy muomalasiga qarshi kurash borasida boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlari va keng jamoatchilik bilan hamkorlikda tizimli ishlar  amalga oshirilmoqda.

Xususan,  joriy yilning 23 noyabr kunidan 25 dekabr kuniga qadar “Pirotexnika-2020” maxsus tezkor profilaktik tadbirlari davomida jami 50 ta holat aniqlanib,  umumiy qiymati 100 million so‘mga yaqin noqonuniy pirotexnika vositalarining savdosiga chek qo‘yildi.

Jumladan, Andijon viloyati IIB PPXvaJTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan “Pirotexnika-2020” tadbirlari davomida, shu yilning 21 dekabr kuni Andijon shahri, O‘zbegim MFY o‘ramida joylashgan “Xolis” savdo majmuasi oldida o‘zini shubxali tutgan fuqaro A.A  xolislar ishtirokida tekshirilganida, uning yonidan jami 250 qutida 15000 dona  Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi aniqlandi.      

Shuningdek, Andijon viloyati IIB PPXvaJTSB PPX batalyoni xodimlari tomonidan 22 dekabr kuni Andijon shahri, G‘ayrat MFY hududida joylashgan “Xotira” xiyoboni oldida  fuqaro T.J gumonlanib xolislar ishtirokida tekshirilganida, uning yonidan 50 qutida jami 3000 dona Qirg‘iziston Respublikasida ishlab chiqarilgan “Britanik” nomli pirotexnika vositalari borligi oshkor bo‘ldi. Har ikki holatdagi ushlangan daliliy ashyolar kelgusida tekshirib ko‘rishlik maqsadida Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB ixtiyoriga olindi.

Hozirgi kunda aniqlangan har bir holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

         Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech