31 May 2021 yil 534

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining 3-sektori hisoblangan Bo‘ston tumanida “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Joriy yilning 31 may kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayev va Bo‘ston tumani sektor rahbarlari “Obod qishloq” dasturidagi Sarbon MFYga tashrif buyurishib, amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdilar.

O‘rganish davomida yangi  barpo etilgan MFY idorasi va profilaktika inspektorining xizmat xonalari hamda 17 nafar ayollarga yangi ish o‘rni yaratilgan tikuvchilik sexi faoliyati bilan ham yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida Sarbon MFY binosida mahalla aholi uchun kutubxona tashkil etilishi belgilab olindi.

Bundan tashqari, Sarbon MFYda “Obod qishloq” dasturi bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar  o‘rganilib, viloyat 3-sektor rahbari o‘zining tavsiya va ko‘rsatmalarini berib o‘tdi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech