14 Oktyabr 2021 yil 669

Andijon viloyati IIB boshlig‘i tomonidan Xo‘jaobod tumanida sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 14-oktyabr kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘i polkovnik A.T.Raxmatullayevning Xo‘jaobod tumani, Sanoatchi MFYdagi “Zamon” tekstil MCHJ binosida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari yuzasidan sayyor qabuli o‘tkazildi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularning masalalari tegishli mutasaddi tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Ishga joylashish va O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi pasportini olish masalalarida kelib tushgan barcha murojaatlar joyida ijobiy hal etildi.

Shuningdek, murojaatlar qo‘shimcha o‘rganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olinib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli sohaviy xizmat rahbarlariga zaruriy ko‘rsatma va topshiriqlar berilib,ijrosi alohida nazoratga olindi.

Bundan tashqari, sayyor qabuldan so‘ng “Zamon” tekstil MCHJda amalga oshirilayotgan ishlar va ishchi xodimlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati  

 

Text to speech