Andijon viloyati IIB xodimlari o‘rtasida “Insoniylik fazilatlari” mavzusida trening o‘tkazildi
Sog‘ tanda sog‘lom aql, insonning ruhan tetik bo‘lishi, har bir ishni sidqidildan bajara olishida muhim amaliy tajriba hisoblanadi.
“Med Sity Group Medical” davolash va sog‘lomlashtirish markazida viloyat IIB bilan hamkorlikda, xodimlar o‘rtasida maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini yana-da takomillashtirish, sog‘lom va psixologik muhit tashkil etish maqsadida “Insoniylik fazilatlari” mavzusida trening o‘tkazildi.
Unda ichki ishlar xodimlarining salomatligini yana-da mustahkamlash, turli jinoyatchilik va huquqbuzarliklar hamda insonning ruhan tushkunlikka tushishlarini oldini olishda psixologik yondashish usullari bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tushuncha va maslahatlar berildi.
Shundan so‘ng, sog‘lomlashtirish xonasida xodimlarning har tomonlama chiniqishlari, jismonan baquvvat bo‘lishlari maqsadida sport mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati