18 Noyabr 2020 yil 528

Andijon viloyati IIB YHXB shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda

Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xodimlarning jismoniy va jangovar tayyorgarligini oshirish, sport turlarini ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘ining 29 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati IIB YHXB shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning “Mini-futbol” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazilmoqda.

“Mini-futbol” musobaqasida jami 6 ta jamoa ishtirok etmoqda. Hozirga qadar 3 ta o‘yin o‘tkazilib, o‘zaro baxslar qizg‘in tus olmoqda. Musobaqa yakuni bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar aniqlanadi.

  

 Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech