Andijon viloyati IIB HPB xodimlari tomonidan janjallashgan o‘quvchilar bilan profilaktik ishlar olib borilib, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi muhokamasiga yuborildi
2020 yil 28 oktyabr kuni Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Aytishlaricha, Andijondagi 3-maktab o‘quvchilari deyarli har kuni ko‘chada bir-birlari bilan urushishib, katta janjal chiqarishar ekan" nomli videotasvirda aks etgan holatlar Andijon viloyati IIB mas'ul xodimlari tomonidan atroflicha o‘rganildi.
Aniqlanishicha, videotasvirdagi holat 28 oktyabr kuni Andijon shahrida joylashgan 3-umumta'lim maktabining o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan. Ushbu maktabning 8-sinf o‘quvchisi T.M va 7-sinf o‘quvchisi I.M.lar darsdan so‘ng o‘zaro hazil oqibatida janjallashib ketishgan. Ushbu holatga ko‘zi tushgan ko‘p qavatli uyda yashovchi fuqarolardan biri tomonidan telefon moslamasi orqali videotasvirga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga yuborilgan.
Andijon viloyati IIB HPB xodimlari tomonidan janjallashgan o‘quvchilar bilan keng qamrovli profilaktik ishlar olib borildi va ularga nisbatan hujjatlar rasmiylashtirilib, Andijon shahar hokimligi huzuridagi voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha komissiyasi muhokamasiga yuborildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati