Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi xodimlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tanqidiy muhokama qilindi
Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik, M.A. Ismoilov ishtirokida Andijon viloyati IIB Probatsiya boshqarmasi va shahar-tuman IIO Probatsiya bo‘linmalari tomonidan 2020 yil hamda 2021 yilning 1 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokamasiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi apparati hamda shahar-tuman IIO Probatsiya bo‘linmalarining xodimlari ishtirok etdi.
Yig‘ilish tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tdi. Unda o‘tgan yil davomida erishilgan yutuqlar, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar hamda o‘tkazilgan profilaktik tadbirlarning samaradorligi xususida maʼlumotlar berildi.
Shuningdek, kun tartibidagi masalalar yuzasidan tahlillar asosida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglandi.
Xususan, viloyat IIB boshlig‘ining 1-o‘rinbosari polkovnik, S.B.Jabborov Probatsiya bo‘linmalarida xizmat qilib kelayotgan xodimlar tomonidan ijrochilik va xizmat intizomiga rioya qilinishini mustahkamlash, kelgusida xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan turli salbiy hodisalarga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida maʼruza qildi.
Muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan bir qator xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi.
Shu bilan birga Probatsiya xodimlari o‘rtasida yuksak bilim va mahoratini namoyon etib, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, jamoat tartibini saqlash hamda fuqarolar xavfsizligini taʼminlashda hamkasblari orasida namuna ko‘rsatib kelayotganligi uchun bir qator xodimlar IIV JIEBB huzuridagi Probatsiya xizmatining tashakkurnomalari bilan taqdirlandilar.
Yig‘ilish so‘ngida IIV Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi huzuridagi Probatsiya xizmati boshlig‘i polkovnik, M.A.Ismoilov soha xodimlariga berilgan vazifa va topshiriqlarni vijdonan bajarishga, fuqarolar xavfsizligi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda tamomila yangicha tizim asosida ish tashkil etish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati