18 Mart 2021 yil 491

Andijon viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi xodimlari o‘rtasida "Namunali tergovchi" va "Namunali surishtiruvchi" ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi  

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2021 yil 9 fevraldagi  tegishli ko‘rsatmasiga asosan Andijon viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi va uning quyi tizimlarini tergovchi va surishtiruvchilarini kasbiy va jangovar mahorati hamda bilim saviyasini oshirish maqsadida “Namunali tergovchi” va “Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

O‘tkazilgan ko‘rik-tanlovda 39 nafar tergovchi va surishtiruvchi xodimlar ishtirok etib, o‘q otish, jismoniy tayyorgarlik hamda soha yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlangan test savollari bo‘yicha sinov topshirdilar.

“Namunali tergovchi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra o‘zlarining yuqori bilim saviyalari, jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha kasb mahoratlarini namoyon etgan, Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergov guruhi tergovchisi leytenant Muhammadjonov Saidbek Mirzoxid o‘g‘li birinchi o‘rinni, Shahrixon tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergov guruhi tergovchisi leytenant Abdumutalov Dilzodbek Saidjon o‘g‘li ikkinchi o‘rinni, Jalaquduq tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi tergov guruhi tergovchisi mayor Xaydarov Rustamjon Akmaljon o‘g‘li esa faxrli uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdilar.  

 “Namunali surishtiruvchi” nominatsiyasi bo‘yicha tanlov natijalariga ko‘ra o‘zlarining yuqori bilim saviyalari, jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘yicha kasb mahoratlarini namoyon etgan, Xonobod shahar ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov guruhi surishtiruvchisi leytenant Axmadjonov Nodirbek Adil o‘g‘li birinchi o‘rinni,Asaka tumani ichki ishlar bo‘limi huzuridagi Tergov bo‘linmasi surishtiruv guruhi surishtiruvchisi katta leytenant Ikromjonov Jamshidbek Bahtiyorjon o‘g‘li ikkinchi o‘rinni, Paxtaobod tuman ichki ishlar bo‘limi 11-sonli ichki ishlar bo‘linmasi surishtiruv guruhi surishtiruvchisi katta leytenant Sulaymonqulov Omonullo Sotvoldi o‘g‘li uchinchi o‘rinni egalladilar.

Ko‘rik tanlov g‘oliblari boshqarma boshlig‘ining buyrug‘iga asosan pul mukofoti va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech