25 Noyabr 2020 yil 552

Andijon viloyati IIB jamoasi mini-futbol bo‘yicha "Andijon viloyati hokimi kubogi" turnirida g‘olib bo‘lishdi

Andijon viloyatida barcha huquqni muhofaza qiluvchi organlari o‘rtasida mini-futbol bo‘yicha "Andijon viloyati hokimi kubogi" turniri bo‘lib o‘tdi. Murosasiz o‘tgan bahslarning yakuniy natijalariga ko‘ra viloyat IIB jamoasi faxrli birinchi o‘rinni egallab, viloyat hokimining kubogini qo‘lga kiritdilar.

Ushbu musobaqada faxrli ikkinchi o‘rinni Milliy gvardiya Andijon viloyati boshqarmasi jamoasi egallagan bo‘lsa, faxrli uchinchi o‘rin 45 605-harbiy qism jamoasiga nasib etdi. G‘oliblar qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech