8 Yanvar 2021 yil 833

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan Baliqchi tumanida “marixuana” giyohvandlik moddasini sotayotgan va saqlab kelayotgan shaxslar ushlandi    

2021-yil 05-yanvar kuni soat 14:00larda Andijon viloyati IIB JQB  hamda Baliqchi tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro M.Z Baliqchi tumani Yangi Hayot MFY o‘ramida 7 dona gugurt qutiga qadoqlangan quruq holdagi 20 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini 700 000 so‘m pullar evaziga xolis xaridorga sotayotgan vaqtda daliliy ashyolar bilan ushlandi.

Shuningdek,  M.Z quruq holdagi 0.75 gramm miqdordagi “marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, ushbu “marixuana” giyohvandlik moddasi ham xolislar ishtirokida olindi.

Bundan tashqari, shu kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Baliqchi tumanida yashovchi  fuqaro S.J yashash xonadonida 1 litr hajmli shisha idishda va 3 dona gugurt qutida quruq holdagi 119.68 gramm “marixuana” giyohvandlik moddasini qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlanib, undan giyohvandlik vositalari daliliy ashyo sifatida xolislar ishtirokida olindi.

Mazkur holatlar yuzasidan  2021 yil 06 yanvar kuni Baliqchi tuman IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan fuqaro M.Z.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan, S.J.ga nisbatan esa ushbu kodeksning 273-moddasi 5-qismi hamda 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Z.M va  S.J.lar gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb etilib, O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Baliqchi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

Text to speech