11 Yanvar 2021 yil 783

Andijon viloyati IIB JQB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda 7 kilogrammdan ortiq marixuana giyohvandlik moddasi aniqlandi

2021 yil 08 yanvar kuni viloyat IIB JQB hamda tuman IIB JQB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi A.D. jinoiy sherigi M.Sh bilan birgalikda xolis xaridorga 30.73 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik vositasini 150.000 so‘mga sotayotgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida M.Sh.dan 50.000 so‘m, A.D.dan 100.000 so‘m pullar hamda kelgusida sotish maqsadini ko‘zlab, yelim idishlarga qadoqlangan holdagi jami 7020,78 gramm miqdordagi marixuana giyohvandlik  moddasi xolislar ishtirokida bayonnoma orqali olingan.

Mazkur holat yuzasidan A.D hamda Sh.M.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ular O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi yuzasidan Qo‘rg‘ontepa tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

 

 

Text to speech