28 Aprel 2022 yil 344

Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi hamkorligida nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish bo‘yicha profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda

Andijon viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati Probatsiya boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan Andijon viloyati miqyosida nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularning bandligini taʼminlash, eng asosiysi ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha bir qator ijobiy profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xususan, joriy yilning 3 oyi davomida viloyat IIB Probatsiya boshqarmasi va uning joylardagi bo‘linmalari tomonidan 40 marotaba “Sayyor sud”lar tashkil etilib, 384 nafar mahkumlar  jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod etildi. Shu bilan bir qatorda tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarmasdan, tuzalish yo‘liga kirmay, jazo o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab yurgan 118 nafar mahkumlarning jazolari og‘irroq turdagi yaʼni ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

Shuningdek, o‘tgan davr mobaynida mahkumlarning bandligini taʼminlash maqsadida 35 marotaba “Ishga marhamat” tadbirlari tashkil etilib, 163 nafar shaxslar doimiy ish bilan taʼminlandi hamda165 nafar shaxsga yo‘llanmalar berildi.

Shu yilning 27 aprel kuni o‘tkazilgan o‘tkazilayotgan “Sayyor sud”  majlisida Andijon shahar IIOFMB JXX Probatsiya bo‘limi nazoratida turib, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tayinlangan jazodan o‘ziga to‘g‘ri xulosa chiqarib olgan 18 nafardan ortiq shaxslarga insonparvarlik dalolatnomalari tatbiq etilib, jazolaridan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilindi.

Bundan tashqari jazodan o‘ziga tegishli xulosa chiqarmasdan, uni o‘tashdan qasddan bo‘yin tovlab kelayotgan 4 nafar nazoratdagi shaxslarning jazolari og‘irroq turdagi, yani ozodlikdan mahrum qilish jazosiga almashtirildi.

“Ishga marhamat” tadbirida esa 5 nafar shaxslar doimiy ish bilan taʼminlandi va 3 nafariga yo‘llanmalar berildi.

Hozirda, bu boradagi profilaktik tadbirlar viloyat miqyosida davom ettirilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech