22 Noyabr 2022 yil
324
Andijon viloyati IIB JXX Probatsiya boshqarmasi tomonidan Ulug‘nor tumanida probatsiya hisobida turuvchi nazorat ostidagi shaxslarni ijtimoiy hayotga moslashtirish va ularning muammolarini hal etish bo‘yicha uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Joriy yilning 21-noyabr kuni Ulug‘nor tumanida mazkur profilaktik tadbir tashkil qilinib, unga tumaniagi hamkor tashkilot rahbarlari taklif etildi. Tadbir davomida 70 nafardan ortiq probatsiya hisobida turgan shaxslar bilan uchrashilib, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, bandligini taʼminlash, eng avvalo, ular tomonidan takroriy jinoyatlar sodir etilishini barvaqt oldini olish bo‘yicha ochiq muloqot hamda tarbiyaviy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
Shuningdek, tadbir davomida Ulug‘nor tumani IIB JXX probatsiya guruhi xizmat faoliyati o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati