Andijon viloyati IIBda xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi buzilishini oldini olish va qonunchilikni mustahkamlashga qaratilgan yig‘ilish o‘tkazildi
17 dekabr kuni Andijon viloyati IIB majlislar zalida xodimlar o‘rtasida xizmat intizomi buzilishini oldini olish va qonunchilikni mustahkamlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi O‘z xavfsizlik boshqarmasi vakili ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat IIB shaxsiy tarkibi, rahbariyati va tuman-shahar IIBlarning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari ishtirok etishdi.
Mazkur uchrashuvda ichki ishlar organlarida xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya etish, xodimlar bilan bog‘liq salbiy holatlarning oldini olish, ular tomonidan tamagirlikka yo‘l qo‘ymaslik eng asosiy masalalardan biri ekanligi qayd etib o‘tildi.
Yig‘ilish davomida xodimlar o‘rtasidagi xizmat intizomi buzilishi bo‘yicha 11 oylik hisobot o‘qib eshittirildi. Hisobot tahlilidan kelib chiqib, o‘z xizmat vazifasiga masʼuliyatsizlik bilan yondashib, xizmat intizomi buzib kelayotgan xodimlarning xatti-harakatlari shaxsiy tarkib o‘rtasida muhokama qilindi.
Shuningdek, har bir ichki ishlar organi xodimlarining oila aʼzolari bilan suhbat o‘tkazilib, ularni qiynab kelayotgan muammolar o‘rganilib, mahalliy hokimlik ko‘magida ularning ijobiy yechimini yechish bo‘yicha tegishli choralar belgilab olindi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati