12 Iyul 2024 yil 1261

Andijon viloyati fuqarolarining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabul Xo‘jaobod tumanida tashkil etildi

Xalq bilan yuzma-yuz muloqotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad aholining keng qatlami ichiga kirish, ularning muammolarini tinglash, qonuniy huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilishdir.

Ayni shu maqsadda Xo‘jaobod tumanida tashkil etilgan sayyor qabulda Andijon viloyati IIB rahbariyati ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.  

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Albatta, bu kabi sayyor qabullar fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarini o‘z vaqtida bartaraf etish imkonini berayotganligi bilan yana-da ahamiyatli bo‘lmoqda.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech