12 Oktyabr 2024 yil 1438

Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish hamda Ichki ishlar vazirining 2024-yil 4-apreldagi tegishli farmoyishi ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarining yosh xodimlari o‘rtasida sportning “Stol tennisi” turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz kurashlar ostida o‘tgan musobaqaning yakuniy natijasiga ko‘ra, Paxtaobod tumani IIBning  profilaktika inspektori leytenant Ahrorbek Abdullayev 3-o‘rinni, Buloqboshi tumani IIBning profilaktika inspektori leytenant Shuhratbek Rashidov 2-o‘rinni hamda Andijon shahar bo‘yicha IIOFMB JXX JTSB katta inspektori kichik serjant Izzatillo Teshaboyev esa faxrli 1-o‘rinni egalladi.

G‘olib va sovrindor bo‘lgan yosh xodimlar viloyat ichki ishlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Yosh xodimlarning sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish,ular o‘rtasida sog‘lom turmush-tarzini keng targ‘ib qilish borasidagi tadbirlar davom ettirilmoqda.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech