Andijon viloyati ichki ishlar organlarining tarkibiy tuzilmalari va hududiy bo‘linmalarida bo‘sh bo‘lgan safdorlik lavozimlari uchun navbatdagi tanlov eʼlon qilinadi!
Tanlov tadbirlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabr kunidagi PQ-3413-son Qarori hamda Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 2-noyabr kunidagi 601-sonli buyrug‘i talablari asosida tashkil etiladi.
Xizmatga tanlov asosida, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi bo‘yicha xodimning xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan shaxsiy, ishbilarmonlik va kasbiy fazilatlarga ega nomzodlar qabul qilinadi.
Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlarga talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan erkaklar;
- doimiy yashash joyi bo‘yicha Andijon viloyati hududida ro‘yxatda turgan;
- harbiy xizmatni o‘tagan (muddatli yoki safarbarlik chaqiruvi rezervida);
- yoshi 18 yoshdan kichik va 30 yoshdan katta bo‘lmagan;
- bo‘yi erkaklar 170 (bir yuz yetmish ) santimetrdan past bo‘lmagan;
- oliy taʼlim muassasalarini tamomlaganlar;
- O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademik litseylari, harbiy-akademik litseylar bitiruvchilari hamda profilaktika inspektorlarining yordamchisi lavozimida xizmat olib borayotgan ayollar ushbu tanlovda istisno tariqasida ishtirok etishlari mumkun.
Arizalar kb.iiv.uz sayti orqali faqat onlayn tarzda qabul qilinadi. 2025-yil 4-fevral kunidan 14-fevral kuniga qadar murojaat qilmagan nomzodlar ro‘yxatga kiritilmaydi va ushbu tanlovlarda qatnasha olmaydi.
Qo‘shimcha maʼlumotlarni Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasining rasmiy sahifalari, boshqa ommaviy axborot vositalari hamda yoki 74-299-11-88 va 93-481-14-14 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.
Eslatma: Har bir nomzod ro‘yxatdan o‘tib bo‘lgandan so‘ng, test sinovlariga huquqshunoslik, O‘zbekistonning eng yangi tarixi va tarbiya fanlari bo‘yicha o‘qib tayyorgarlik ko‘rib turishlari lozim bo‘ladi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati