Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalarning ruhiy salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan seminar-trening tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2023-yil 10-apreldagi 185-sonli buyrug‘i ijrosini taʼminlash maqsadida Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan ayol xodimalar ishtirokida joriy yilning 13-dekabr kuni “Ichki ishlar organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida salbiy holatlarni oldini olish, xodimlarning ruhiy salomatligini muhofaza qilish, jamoalardagi maʼnaviy-ruhiy muhit barqarorligini taʼminlash” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningda Andijon davlat universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchilari Xijron Mo‘minova va Azizaxon Odiljanovalar ishkirok etishib, mavzu yuzasidan xodimalarga atroflicha tushunchalar berishdi.
Shuningdek, xodimalarning psixologik-xususiyatlari tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning yetakchilik, boshqaruvchanlik hamda tashkilotchilik qobiliyatlari yuzasidan tavsiyaviy xulosalar taqdim etildi.
Bundan tashqari, seminar ishtirokchilarining bir-biriga ishonchi qay darajada ekanligini aniqlash maqsadida alohida treninglar tashkillashtirilib, ruhiy holatini o‘rganish davomida yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati