Andijon viloyati ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan ayol xodimalar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini o‘tkazildi
Bugungi kunda ichki ishlar organlari xodimlarining zimmasiga yuklatilgan jinoyatlarning oldini olish, ularni issiq izidan ochish, jamoat xavfsizligini taʼminlashdek sharafli, ayni vaqtda mashaqqatli kasbda ayollar ham erkaklar bilan yelkama-yelka turib mehnat qilmoqdalar.
Tashkil etilgan intellektual o‘yinda turli xizmat sohalaridan tashkil topgan 8 ta jamoa o‘zaro bahs olib bordi.
Murosasiz bellashuvlar yakuniy natijasiga ko‘ra “Matonat” jamoasi 3-o‘rinni, "To‘maris" jamoasi 2-o‘rinni hamda "Femida" jamoasi faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlarga diplom va qimmatbaho sovg‘alar boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan tantanali ravishda topshirildi.
Tashkil etilayotgan bu kabi tadbirlar ayol xodimlarning ishga bo‘lgan ishtiyoqini yana-da oshirishga, ular o‘rtasida ahillik va birdamlikni kuchaytirishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati