18 Fevral 2025 yil 5788

Andijon viloyati IIB Faxriylar kengashining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Barcha jabhalarda bo‘lgani kabi Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasida ham keksa faxriylarni e’zozlash, g‘amxo‘rlik qilishga muhim vazifa sifatida qaralib,  yoshi ulug‘larning holidan xabar olish, ularga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish singari ezgu ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.Vazirlik va boshqarma rahbariyati tomonidan  faxriylar harakatining samaradorligini yanada oshirish, ularga zaruriy shart-sharoitlar yaratish, ijtimoiy himoya qilish hamda yosh xodimlarning vatanga muhabbat, xizmat burchiga sadoqat ruxida tarbiyalashda ularning imkoniyatlaridan kengroq foydalanish ishlariga katta ahamiyat qaratilyapti.  

Andijon viloyati IIB Faxriylar kengashi tomonidan o‘tgan 2024-yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilindi. Hisobot yig‘ilishi  boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida o‘tkazilib, faxriylar kengashining faoliyati chuqur tahlil qilindi.

Unda yosh xodimlarni vatanga va xalqqa sadoqat ruhida tarbiyalashda nuroniy faxriylarning bilim va hayotiy tajribalari alohida o‘rin tutishi, shu boisdan ham ushbu masalaga faxriylar jiddiy yondashishlari lozimligi  ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda bir guruh faxriylar ham so‘z olib, yosh xodimlar bilan olib boriladigan ishlar yuzasidan o‘z takliflarini o‘rtoqlashdilar.

Hisobot yig‘ilishi yakunida kelgusida amalga oshirilishi shart bo‘lgan muhim vazifalar belgilab olindi.  

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech