29 Noyabr 2024 yil 2387

Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan shaxsiy tarkib bilan xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazilishi davom ettirilmoqda

Joriy yilning 29-noyabr kuni Andijon viloyati IIB JXX Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi, Paxtaobod, Qo‘rg‘ontepa, Bo‘ston tumanlari hamda Xonobod shahar IIBlarida shaxsiy tarkib o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlash, xodimlar tomonidan sodir etilgan qonunbuzilish holatlarini shaxsiy tarkibga yetkazish, korrupsion holatlarning oldini olish va ayanchli oqibatlari hamda kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan dolzarb vazifalar yuzasidan muhokama yig‘ilishlari o‘tkazildi.

Ushbu yig‘ilishlarda Andijon viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati rahbariyati va masʼul xodimlari hamda shahar-tuman IIB shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida xodimlar bilan bog‘liq bo‘lgan salbiy holatlarni oldini olish, ularni ijtimoiy himoya qilish, moddiy va maʼnaviy rag‘batlantirish choralarini ko‘rish masalalari hamda ichki ishlar organlari tizimida olib borilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha "Dolzarb 15 kunlik" tadbirlar atroflicha muhokama qilinib, bu borada tuman IIBlari rahbariyatiga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berib o‘tildi.

Yakunda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech