14 Mart 2024 yil 871

Andijon viloyati IIB tasarrufdagi “Paxtaoy” maktabgacha taʼlim tashkilotining ish faoliyati yaqindan o‘rganildi

Joriy yilning 13-mart kuni Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov tomonidan viloyat IIB tasarrufidagi “Paxtaoy” maktabgacha taʼlim tashkilotining ish faoliyati hamda bu joyda yaratilgan shart-sharoitlar yaqindan o‘rganildi.

Xususan, muassasada bolajonlar uchun tayyorlanayotgan ovqatlarning sifati hamda taʼlim olishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqilib, masʼul rahbar xodimlarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech