22 Mart 2024 yil 674

Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining shaxsiy tarkibi va ularning bevosita rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor D.Nazarmuxamedovning topshirig‘iga asosan Tergov, Yo‘l harakati xavfsizligi, Huquqbuzarliklar profilaktikasi, Jinoyat qidiruv hamda Probatsiya boshqarmalarining xodimlari bilan hafta mobaynida ijro nazorati yuzasidan tanqidiy muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangan bo‘lib, joriy yilning 18-mart kuni boshqarma maʼrifat zalida o‘tgan 2023 yilning 12 oyida ichki ishlar organlarlarida xizmat intizomini mustahkamlash borasida amalga oshirilgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar asosida Andijon viloyati IIB JXX Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining shaxsiy tarkibi va ularning bevosita rahbarlari ishtirokida tanqidiy muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov raisligida bo‘lib o‘tgan majlisda yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tomonidan xizmat intizomi va qonuniylikka amal qilish borasida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar atroflicha muhokama qilinib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech