5 Fevral 2025 yil 5147

Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov ishtirokida o‘tgan 2024-yilning 12 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobot yig‘ilishi o‘tkazildi

Joriy yilning 4-fevral kuni Andijon viloyati IIBda Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari general-mayor Davron Nazarmuxamedov raisligida bo‘lib o‘tgan hisobot yig‘ilishida viloyat hududida 2024-yilning 12 oyi mobaynida jinoyatchilikka qarshi kurashish, huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash, jamoat tartibi va fuqarolarning osoyishtaligini saqlash borasida olib borilgan tezkor profilaktik tadbirlar natijalari tanqidiy muhokama qilindi.

Tahlillar asosida masʼul rahbarlarning hisobotlari tinglanib, muhokama natijalariga ko‘ra xizmat vazifalarini bajarishda kamchiliklarga yo‘l qo‘yib kelgan bir qator rahbar va xodimlarga nisbatan qattiq intizomiy taʼsir choralari qo‘llanildi. 

Shu bilan birga, viloyat hududida namunali jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak ko‘rsatib kelayotgan bir guruh xodimlar munosib rag‘batlantirildi.

Yig‘ilish so‘nggida mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yana-da oshirish choralarini ko‘rish bo‘yicha Prezidentimizning 2025 yil 3 yanvar kungi PQ-1-son qarorida belgilab berilgan vazifalar ijrosini sifatli bajarish asosida ish tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berib o‘tildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Navbatchilik qismi

102

Ishonch telefoni

1102

Text to speech

Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:

Matn xato bilan:

Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: