Andijon viloyatida profilaktika katta inspektorlariga uchuvchisiz uchish apparatlari - dronlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etildi
IIV JXD Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati mas’ul xodimlari tomonidan Andijon shahri va Shahrixon tumanlarida profilaktika katta inspektorlariga uchuvchisiz uchish apparatlari - dronlardan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
O‘quv mashg‘ulotlarida malakali mutaxassislar tomonidan uchuvchisiz uchish apparatlarining taktik-texnik xususiyatlarlari, ulardan xizmat vaqtida foydalanish tartiblari xususida atroflicha tushunchalar berildi.
Ta’kidlash joiz, profilaktika inspektorlariga drondan foydalanish uchun ruxsat berishdan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘z xizmat hududlarida jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, hududni ko‘zdan kechirish va jinoyatchilikni oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishdan iborat.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati