16 Noyabr 2024 yil 2521

Andijon viloyatining Qo‘rg‘ontepa tumanida fuqarolarning sud-huquq masalalariga oid murojaatlari bo‘yicha sayyor qabul tashkil etildi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan aholining sud-huquq masalalariga oid murojaatlarini hal etishga qaratilgan bu galgi sayyor qabuli Qo‘rg‘ontepa tumanida bo‘lib o‘tdi.   

Sayyor qabulda Andijon viloyati IIB boshlig‘i rahbariyati ham ishtirok etib, unda ko‘plab murojaatlarga ijobiy yechim topildi.  

Xususan, tergov-surishtiruv harakatlari, probatsiya hisobidagi shaxslarni jazodan muddatidan oldin shartli ravishda ozod qilish, O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligini tasdiqlovchi ID kartalar rasmiylashtirish hamda boshqa turli ijtimoiy masalalarda kelib tushgan murojaatlar ham joyida ijobiy hal etildi.

Aholining sud-huquq masalalari bo‘yicha muammolarini tinglash va uni hal etishga qaratilgan sayyor qabullar joylarda davom etadi.


Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech