Andijonda 9000 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekildi
Xalqimizda azaldan ko'chat ekib, bog' yaratgan insonlar ulug'langan. Shu sababli ham bahor faslida har bir kishi nimadir ekishga ishtiyoq sezadi. Ayniqsa, Navro'z bayrami arafasidagi umumxalq hasharlarida turli daraxt va gul ko'chatlarini o'tqazish yaxshi an'anaga aylangan.
Andijon viloyatida ommaviy tarzda o'tkazilgan "Eko hashar" daraxt ekish o'n kunlik aktsiyasida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdilar.
Xususan, "biz yangi bog'lar yaratamiz!"shiori ostida Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasining sohaviy xizmatlari va tuman-shahar ichki ishlar xodimlari viloyatdagi ta'lim, tibbiyot muassasalari, Mehribonlik uylariga hamda o'zlari xizmat qilayotgan ma'muriy binolar atrofiga 9000 tupdan ortiq mevali va manzarali daraxt ko'chatlarini ekdilar. Bu kabi xayrli tadbirlar hozirda davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB axborot xizmati