24 Mart 2021 yil 678

Andijonda IIV Akademiyasining ishchi guruhi tomonidan korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik borasida amaliy ishlar olib borilmoqda  

Ichki ishlar  organlari tizimida korrupsiya holatlariga yo‘l qo‘ymaslik va bu salbiy illatga qarshi kurashish borasida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining ishchi guruhi tomonidan  Andijon  viloyati hududidagi barcha shahar-tuman ichki ishlar  organlarining sohaviy xizmatlari rahbarlari va xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi fikrlarini o‘rganish yuzasidan anonim anketa so‘rovlari o‘tkazilmoqda.

Mazkur anketa so‘rovi asosan, ochiq-oydin, haqqoniy,  bergan har bir javobi kelgusida ichki ishlar organlari tizimida korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish jarayonini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida amalga oshirilyapti. 

Shuningdek, ichki ishlar organlarida xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish, korrupsiya va vakolatlarini suiisteʼmol qilinishining oldini olish, shaxsiy tarkib orasida sog‘lom muhitni taʼminlash, ularning amaliy ish tajribasi va kasbiy tayyorgarlik darajasini yana-da takomillashtirish maqsadida anonim test so‘rovlari ham olinmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech