5 Mart 2020 yil 1172

Andijonda mahalla va oila masalalarida seminarlar o'tkazilmoqda

4 mart kuni Andijon shahri va Qo'rg'ontepa tumanlarida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 18 fevraldagi "Jamiyatda ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirish va qonun ustuvorligini ta'minlashda mahalla institutini mutlaqo yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Farmoni hamda "O'zbekiston Respublikasi mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarorida belgilangan vazifalar va ular ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar to'g'risida hududiy seminar yig'ilishlari bo'lib o'tdi.

Seminar yig'ilishida Prezident Administrasiyasi sho'ba mudiri N.Nurmatov, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligi boshqarma boshlig'i D.Xasanov, vazirlikning viloyat boshqarmasi boshlig'i M.Yunusova, viloyat boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosarlari, boshqarmaning viloyat apparati xodimligiga suhbatdan o'tgan nomzodlar, tuman-shaharlarning mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limlari boshliqlari va xodimlari hamda bir qator faol mahalla fuqarolar yig'inlari raislari ishtirok etdi.

Seminar yig'ilishda so'z olganlar tomonidan Prezidentning 18 fevraldagi qaror va farmonlarida belgilangan vazifalar va ular ijrosini ta'minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo'lgan chora-tadbirlar, har bir tuman va shaharlar kesimlarida yo'l xaritalarini ishlab chiqish masalalari bo'yicha tushunchalar berildi. Shuningdek, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash vazirligining viloyat boshqarmasi barcha xodimlarining funksional vazifalariga ham atroflicha to'xtalib o'tildi.

Seminarda viloyat boshqarma boshlig'ining o'rinbosari M.Nishanov Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan "Obod va xavfsiz mahalla" tamoyilining samarali joriy etilishida fuqarolar yig'inlariga har tomonlama ko'maklashish, oilalar va mahallalardagi ijtimoiy-ma'naviy muhitni sog'lomlashtirishda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari bilan yaqin hamkorligini o'rnatish borasidagi vazifalarni bajarish mexanizmi yuzasidan o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdi. Seminar yig'ilishi savol va javob tarzida qizg'in munozaralarga boy tartibda bo'lib o'tdi.

Andijon viloyati IIB axborot xizmati

Text to speech