9 Sentyabr 2024 yil 3062

Andijonda “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Andijon viloyati IIBning 2024-yil 17-avgust kunidagi tegishli buyrug‘iga asosan joriy yilning 7-sentyabr kuni shahar-tuman IIB boshliqlari ishtirokida “Eng yaxshi hududiy ichki ishlar organi boshlig‘i” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

Tanlovda 16 nafar xodim ishtirok etdi. Ishtirokchilar dastlab jismoniy tayyorgarlik sinovida to‘sinda tortilish, 100 metr va 1000 metr masofaga yugurish shartlarini bajarishdi.Ikkinchi shartda xodimlar test savollari orqali o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Uchinchi shartda psixologik sinovdan o‘tgan ishtirokchilar bilan tanlov yakunida komissiya aʼzolari tomonidan suhbat o‘tkazildi.

Maʼlumot uchun, birinchi o‘rinni egallagan xodim tanlovning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.


Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech