9 Iyun 2021 yil 590

Andijonda odam savdosiga qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi  

Joriy yilning 08 iyun kuni Andijon viloyatida Respublika Milliy komissiyasining tasdiqlangan reja-topshirig‘i va Odam savdosiga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha kichik komissiyaning 2021 yil 27 aprel kunidagi 2-son yig‘ilish bayonining ijrosi yuzasidan o‘quv-seminar mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi masʼul xodimi S.Tursoatov, Respublika Bosh Prokuraturasi masʼul xodimi Z.Nematxodjayev va Odam savdosidan jabrlanganlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha Respublika Reabilitatsiya Markazi direktori o‘rinbosari A.Kasimov hamda Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish bo‘yicha  Andijon viloyati hududiy komissiyasi aʼzolari, shuningdek, shahar-tuman ishchi guruh aʼzolari ishtirok etdilar.

O‘quv-seminar mashg‘ulotida  O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 8 fevral kunidagi Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi tizimini yo‘naltirish to‘g‘risidagi  qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan keng qamrovli tushunchalar berildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarning fikr mulohaza va takliflari eshitilib, sohaga oid dolzarb masalalar yuzasidan qatnashuvchilarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi. 

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech