Andijonda qo‘shmachilik bilan shug‘ullanib kelayotgan ayol qo‘lga olindi
Joriy yilning 15-aprel kuni Andijon viloyati IIB Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tezkor tadbirda Xo‘jaobod tumanida yashovchi 1988 yilda tug‘ilgan ayol A.X yashash xonadonida 2 nafar voyaga yetmagan qizlar A.S va O‘.S.larni shahvoniy maqsadlarda foydalanish maqsadida saqlab, 500.000 so‘m pullar evaziga xolis mijoz bilan jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Fuqaro A.X.dan kimyoviy ishlov berilgan 500.000 so‘m pullar daliliy ashyo tariqasida xolislar ishtirokida olindi.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadarli tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati