Andijonda o‘tkazilayotgan jinoyatchilikka qarshi kurashish yuzasidan “Zarbdor oyligi” doirasida fohishalik hamda qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganlar faoliyatiga barham berildi
2021 yil 22 fevral kuni Andijon viloyati IIB TEQKB Odam savdo va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish bo‘limi hamda Andijon shahar IIOFMB TEQKB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.
Tezkor tadbir natijasida fuqaro X.Sh Andijon shahridagi yashash xonadonida 1999 yilda tug‘ilgan fuqaro R.Z.dan shaxvoniy yo‘llar bilan foydalanish maqsadida xolis mijozdan oldindan olingan 300.000 so‘m miqdordagi pullar evaziga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Olib borilgan tergovga qadarli tekshiruv tadbirlari davomida, Andijon shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro I.O ushbu fohishalik hamda qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan fuqarolarga sharoit yaratib berganligi uchun ularning jirkanch daromadlaridan xar oyda 100 AQSH dollaridan pul olib kelayotganligi ayon bo‘ldi.
Tadbir ishtirokchilari tomonidan fuqaro X.Sh yashab kelayotgan xonadon kirib ko‘rilganida, ushbu manzilda 2000 yilda tug‘ilgan M.M hamda 2003 yilda tug‘ilgan S.M.lar fohishalik hamda qo‘shmachilik faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan hozirda tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati