23 Iyul 2024 yil 2555

Shahrixon tumani IIB shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari ishtirokida xizmat intizomi va qonuniylikni mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Avval xabar qilinganidek, Andijon viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari podpolkovnik Jonibek Davronov hamda IIV Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi rahbariyati boshchiligida xizmat intizomini mustahkamlashga qaratilgan muhokama yig‘ilishlari shahar-tumanlarda davom ettirilmoqda.  

Joriy yilning 22-iyul kuniShahrihon tumanida bo‘lib o‘tgan muhokama yig‘ilishid ichki ishlar bo‘limining shaxsiy tarkibi hamda ularning ota-onalari ishtirok etdilar.

Tadbir avvalida, yig‘ilganlar eʼtiboriga turli qonunbuzilish holatlarini sodir etib, yaqinlarini el-yurt oldida uyatga qo‘ygan ayrim nopok xodimlarning achchiq qismatlari aks etgan videorolik namoyish etilib,  bu kabi tizim obro‘siga putur yetkazadigan salbiy holatlarni oldini olish bo‘yicha atroflicha so‘z olib borildi. Noqonuniy ishlar sodir etganlarning ayanchli taqdiri barchaga dars bo‘lishi to‘g‘risida ham hayotiy tajribalar o‘rtoqlashildi.

Shuningdek, muhokama davomida ichki ishlar bo‘limlarining shaxsiy tarkibi o‘rtasida xizmat intizomi va qonuniylikni taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar holati tanqidiy muhokama qilinib, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Tadbir so‘ngida, o‘zining namunali intizomi hamda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda boshqa hamkasblariga alohida o‘rnak bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlarning ota-onalariga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi.

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech