24 Iyun 2021 yil 880

Asaka tuman IIB pasport bo‘limida sharoitlar yo‘qligi yuzasidan qilingan murojaatga munosabat

2021 yil 23 iyun kuni ijtimoiy tarmoqqa Asaka tuman IIB pasport bo‘limida umuman  sharoit yo‘qligi, fuqarolar kutish zalidagi konditsionerlarni ishlatish hayollariga kelmayotganligi hamda IIB xodimlarining tartib intizom muomala madaniyati yo‘qligi to‘g‘risida murojaat joylangan.

Mazkur murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda fuqarolar kutish zalidagi konditsionerlar aslida ishlayotganligi, havoning keskin isib ketishi va fuqarolarning ko‘pligi tufayli shunday bo‘lib ko‘ringanligi aniqlandi. Hozirda pasport bo‘limiga kelgan fuqarolarni tartib bilan qabul qilish ishlari yo‘lga qo‘yilib, barcha sharoitlar yaratildi. Bundan tashqari, Asaka tumani IIB xodimlari o‘rtasida tartib intizom va ularning fuqarolar bilan muomala madaniyatini yana-da mustahkamlash yuzasidan ishchi guruh tuzilib, bu borada ham amaliy ishlar olib borilmoqda.

 

Andijon viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech