18 Avgust 2022 yil
449
Asaka tumani IIB boshligʻi fuqarolarning murojaatlarini oʻrgandi
Asaka tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari S.Umarov va tuman hokimining xotin-qizlar boʻyicha oʻrinbosari D.Aliyeva birgalikda tumanning “Kujgan” mahalla fuqarolar yigʻinida qabul oʻtkazdi.
Har bir fuqaro bilan suhbat davomida ular muammosiga bevosita bogʻliq boʻlgan tashkilot rahbari biriktirildi va hal etish choralari koʻrildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati