19 Avgust 2022 yil
449
Asaka tumani IIB boshligʻi uyushmagan yoshlar va aholi bilan uchrashuv oʻtkazdi
Bugun Asaka tuman IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari S.Umarov tumanning “Ergashobod” mahalla fuqarolar yigʻini aholisi hamda uyushmagan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ushbu uchrashuvda yoshlar hamda fuqarolarni murojaatlari tinglanib bildirilgan murojaatlarda toza ichimlik suvi muammosi aniqlanib joyiga chiqib oʻrganildi hamda bir qismi ijobiy hal etilgan holda qolgan murojaatlar muddat talab etilishini inobatga olinib, aloqador tashkilotlarga ijrosini tezroq va aniq muddatlarda bajarish yuzasidan koʻrsatma va topshiriqlar berildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati