13 Iyun 2022 yil
401
Asaka tumanida 3-sektor rahbari kubogi uchun xotin-qizlar oʻrtasida sportning voleybol turi boʻyicha musobaqa boʻlib oʻtdi
Yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning isteʼdod va iqtidorini qoʻllab-quvvatlash hamda jinoyatchilikni oldini olish maqsadida Asaka tumanidagi mahallalarda yashovchi xotin-qizlar oʻrtasida sportning Voleybol turi boʻyicha “Sektor rahbari kubogi” musobaqasining Asaka tuman 3-sektor bosqichi boʻlib oʻtdi.
Boʻlib oʻtgan musobaqalarda 1-oʻrinni “Kujgan” MFY jamoasi, 2-oʻrinni “Fidokor” MFY jamoasi hamda 3-oʻrinni “Boʻzariq” MFY jamoalari egalladilar. Gʻolib boʻlgan jamoalarga 3-sektor rahbari tomonidan esdalik sovgʻalari topshirildi.
Andijon viloyati IIB Axborot xizmati